O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Tyutorlik soati” o’tkazildi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo’ldoshev boshchiligida “Tyutorlik soati” o’tkazildi. Uchrashuv konstruktiv va tanqidiy tarzda olib borildi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Unda institutning prorektorlari, dekanlari, tyutorlar ishtirok etdi. Uchrashuvda ijarada yashovchi talabalarning ijara haqqini amalga oshirishga ko’maklashishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yilda qabul qilingan 605-sonli qarori ijrosi ko’rib chiqildi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Ibrohim Yo’ldoshev talabalarni 605-sonli qarorda ko’rsatilgan kategoriyalardan tashqari a’lo baholarga o’qiydigan va jamoat ishlarida faol qatnashadigan talabalarga ham moddiy yordam ko’rsatish tashabbusini ilgari surdi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Ushbu tashabbus qo’llab-quvvatlandi. Bundan tashqari ijarada yashaydigan talabalarni nafaqat moddiy qo’llab-quvvatlash balki, ularning yashash tarzini muntazam kuzatib boorish, shu asnoda ularga har qanday yordamni ko’rsatish haqida ham tavsiyalar berildi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Shuningdek, yig’ilushda talabalar turar joyida yashovchi o’g’il-qizlarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalasi ham ko’rib chiqildi. Mas’ullarga talabalar turar joyida umuman, institut hududida tozalikka rioya qilish, ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy muhitni doimiy monitoring qilish, aniqlangan holatlar yuzasidan tezkor choralar ko’rish bo’yicha rejalar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Bundan tashqari, talabalar o’rtasida jinoyatchilikka yo’l qo’ymaslik ham muhim ekanligi qayd etildi. Ushbu masalalarni kompleks hal etishda barcha bir tan-u bir jon bo’lib mehnat qilishi, yangi lavozimda ish boshlagan tyutorlarga esa alohida mas’uliyat yuklanishi yana bir bora ta’kidlandi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Tyutorlik soati" o'tkazildi
Yig’ilishda Ibrohim Yo’ldoshev ijtimoiy taqrmoqlarni ham muntazam kuzatayotgani, qolganlar ham muntazam kuzatishi lozim ekanligini va talabalar tomonidan qilinayotgan har bir murojaat sinchkovlik bilan ko’rib chiqilishini va munosabat bildirilishini ta’kidladi.

 

 Matbuot kotibi

image_pdfimage_print