
Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida umumxalq xayriya hashari о‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ishchi xodimlar barcha hamjihatlikda ishga kirishdi. Institut jamoasining tinimsiz mehnati evaziga yetishtirilgan mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi, gullar parvarishlandi, barcha hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi,daraxtlar oqlandi.Shu kuni kо‘kalamzorlashtirilgan maydonlar begona о‘tlardan tozalandi, maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.Mas’ullarga kerakli tavsiyalarni berdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yurtimizning taniqli san’at va madaniyat namoyondalari, ilm-fan arboblari nomi bilan ataluvchi ustaxona, darsxonalarni tashkil etish an’ana tusini olgan.Umumxalq hashari doirasida Ibrohim Yuldashev yangi tashkil etilgan, ana shunday xonalarni kо‘zdan kechirdi. Bu kabi xayrli ishlarni yoshlarni ilm-fan namoyondalariga hurmat ruhida tarbiyalash, ular tomonidan yaratilgan boy merosni kelgusi avlodga yetkazishdagi ahamiyatiga e’tiborni qaratdi.
Bugungi hasharda “Kino, televideniye va radio rejissorligi” kafedrasining professor-o’qituchilari ham ishtirok etib, bizga ajratilgan mo’jazgina hududni obodonlashtirishda o’z hissasini qo’shdi. Bundan maqsad, Navoiy hazratlari aytganlaridek, “Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay”, ya’ni ko’ngil obodligi hisoblanadi. Institut hududining obodligi xodimlarning ahilligidan, oliygohning fayzli maskan ekanligidan dalolat berib turadi. Shu bois, yangi o’quv yiliga yangilik bilan qadam qo’ymoqchimiz, atrof-muhit tozaligini uning bo’g’ini sifatida bilaman. Obod hayot o’zbek xalqiga xos sanaladi. “Kino, televideniye va radio rejissorligi” kafedrasi ham obodonlashtirishda hamjihatlikda mehnat qilishdi. Bu kabi jarayonlarni ham kerakli deb hisoblaymiz. Yangi o’quv yilini yaxshi kayfiyatda boshlayotganimizdan mamnunmiz”, dedi “Kino, televideniye va radio rejissorligi” kafedrasi mudiri, katta o’qituvchi Doston Hojimatov.
Umumxalq hashari kuni institut jamoasi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida xonalar, maydonchalar, kirish joylari gо‘zal qiyofa kasb etdi. Zero, fayzli dargohda bayram yana ham chiroyli о‘tadi.