О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilarga ish beruvchi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilarga ish beruvchi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilar bilan ish beruvchi tashkilotlar vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash, tavsiya etish va joylashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator madaniyat va san’at sohalariga ixtisoslashgan muassasalarning mutasaddilari ishtirok etishdi.

Ushbu amaliy muloqot avvalida, mehmonlar dastlab, ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalar, amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilarga ish beruvchi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Ta’kidlandiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilmoqda. Ta’limda mavjud har qanday bosqichlarning asosiy maqsadi raqobatbardosh yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan. Ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilim sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri esa ularning ishga joylashish darajasi va mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatidir.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilarga ish beruvchi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizni 2017–2021-yillarda rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat sohalarini yuksaltirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi sifatida belgilangan, – deydi Professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Aholimizni, xususan, yosh avlodni madaniy saviyasini oshirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, zamonaviy madaniyat va sanʼat muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, teatr, musiqa, tasviriy sanʼat hamda boshqa sanʼat turlarini rivojlantirish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalari davlatimizning ustuvor vazifalariga aylangan. Bu esa o‘z navbatida, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti zimmasida ulkan mas’uliyat yuklanganidan dalolat beradi. Shu bois ta’lim dargohimizda tahsil olayotgan yoshlarning puxta ilm olishi, o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Institutning rahbar kadrlari, mas’ullari, pedagoglari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lib, ularga mehr kо‘rsatib, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Talabalarimiz har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun astoydil harakat qilmoqdamiz.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilarga ish beruvchi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Shunday ekan, bu yoshlarimiz yurtimiz ravnaqi, institut kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shadi. Chunki ular bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan. Ustozlarining o‘gitlari, ularning bergan ta’lim-tarbiyalari talabalarimizni hayot yo‘lini yoritadigan chiroq bo‘lib xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar har jihatdan etuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi. Talabalar, magistrlar о‘zlari ilm olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirildi. Kelajak hayotlarida ilmiy izlanishlarini davom ettirib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatiga katta hissa qо‘shishga chaqirildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bitiruvchilarga ish beruvchi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilish davomida bitiruvchilarning bilim darajasi, iqtidori, iste’dodi yuzasidan fikr almashildi. Har bir talaba bilan kasbiy mahoratlariga oid savol-javoblar qilindi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamada mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, ularni bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

image_pdfimage_print