О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari “Art-Ekspo” xalqaro forumida ishtirok etmoqda

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari “Art-Ekspo” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 25-27- iyun kunlari Belorus Respublikasida “Art-Ekspo” xalqaro kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tadi. Mustaqil davlatlar hamdо‘stligi mamlakatlari о‘rtasida о‘tkaziladigan ushbu forumda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “Kino- teleoperatorlik” yо‘nalishi 2-bosqich talabasi Habibullayev Solmon, “San’atda animatsiyaviy va multimediaviy loyihalash” yо‘nalishi 1-bosqich talabasi Inoyatov Jahongirlar ishtirok etmoqda.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari “Art-Ekspo” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
23-iyun kuni institutimiz vakillari Borisov birlashgan muzeyiga tashrif buyurishdi. Bu yerda forum qatnashchilari kо‘plab tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar, Napoleon Banopart bilan bо‘lib о‘tgan 1812- yildagi jang tafsilotlarini о‘zida mujassam etgan eksponatlarni kо‘zdan kechirishdi.
MDH mamlakatlari xalqaro forumi ishtirokchilarini oldinda yanada qiziqarli dasturlar kutmoqda. Forum doirasida turli kо‘rgazmalar, madaniy masalalarga doir vodeokonferensiya, MDH davlatlari ijodiy jamoalari va diasporalarining konsertlari singari qator tadbirlarni о‘tkazilishi rejalashtirilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari “Art-Ekspo” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Shuningdek, “Art Ekspo” xalqaro kо‘rgazmasi ishtirokchilari bu yerda о‘z iqtidorlarini kо‘rsatish, innovatsion g‘oyalarini о‘rtoqlashish,boshqalardan bilmaganlarini о‘rganish, yangi dо‘stlar orttirish imkoniga ega bо‘lishadi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print