“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan 2022-yil 17-mart kuni soat 10-00 da “O‘ZBEK MILLIY MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXIDA NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMINING O‘RNI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Bugungi kunda Navro‘zi olam – Sharq xalqlari tomonidan ming yillar davomida asrab-avaylanib kelinayotgan azaliy-abadiy bayram hisoblanadi. Asrlar mobaynida turli xalqlarda Navro‘z bayramini o‘tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga, diniy e’tiqodiga moslashib borgan. Hatto mamlakatimizning turli viloyatlarida ham Navro‘z bayrami bilan bog‘liq rang-barang an’ana va urf-odatlar shakllangan. Shu bilan birga tilimiz va adabiyotimizda ham Navro‘zga aloqador birliklar, adabiy asarlar talaygina. Konferensiya orqali til, adabiyot, folklor, madaniyat va san’atimiz tarixida Navro‘z bilan bog‘liq an’analarni, urf-odatlarni va til birliklarini to‘plash hamda Navro‘z lingvomadaniy korpusini yaratish maqsad qilindi.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Yalpi majlisdagi ma’ruza va muhokomalarda institutning barcha fakultet va yo‘nalishlari qamrab olindi.

Muhokamalarda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavr yo‘nalishlari talabalari ishtirok etdilar. Ayniqsa, yosh tadqiqotchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiyaning quyidagi shu’balari tashkil qilindi:

1-shu’ba. О‘zbek lingvomadaniyatida Navro‘z umumxalq bayramining o‘rni.

2-shu’ba. О‘zbek adabiyoti, madaniyati va amaliy san’atida Navro‘z.

3-shu’ba. “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi renessans” g‘oyasining hayotga tatbiqida milliy urf-odatlarimizning o‘rni.

Mazkur shu’balarda belgilangan mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi hamda qizg‘in muhokamalari bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

image_pdfimage_print