O‘zbek milliy cholg‘ularini o‘rganish va targ‘ib etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

O‘zbek milliy cholg‘ularini o‘rganish va targ‘ib etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi hamkorligida “O‘zbek milliy cholg‘ularini o‘rganish va targ‘ib etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda soha mutaxassislari, institut rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqalar ishtirok etdi.

Konferensiyada milliy cholg‘ularimiz tarixi, bugungi kundagi o‘rni, targ‘iboti, muammo va kamchiliklar kabi masalalar ilgari surildi.

image_pdfimage_print