1

O‘z uyimizni o‘zimiz obod qilamiz

O‘z uyimizni o‘zimiz obod qilamiz

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati va xodimlari ishtirokida oliygoh hududida hashar tashkil etildi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ham boshqa xodimlar qatorida bevosita jarayonda ishtirok etishdi.

Ma’lumki, mamlakatimizga yangi yil boshlarida anomal sovuq oqimi kirib keldi va havo harorati keskin pasaydi. Shu bois, hududlarda qor yog‘ib, aholi uchun muzlagan yo‘llarda yurish biroz qiyinlashdi. Institut jamoasi esa xodimlar hamda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida oliygoh hududida hashar tashkil etildi hamda muzlagan va qor bosgan yo‘laklarni tozalashdi. Ushbu jarayonda institut rektori v.b Eldor Shermanov ham qatnashdi.

Ushbu hasharda o‘z ko‘magini ayamagan xodimlar uchun institut hududida osh damlandi va ularga minnatdorchilik bildirildi.