“Nazm va navo” musiqiy-badiiy kechasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv teatrida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda ulug‘ sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” deb nomlangan musiqiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Dastlab institut rektori v.b. Eldor Shermanov buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tib, ular qoldirgan meros bugungi avlod ma’naviyatining yuksalishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Konsert dasturi davomida Navoiy va Bobur g‘azallaridan tashkil topgan diltortar navolar xalq artistlari hamda el suygan xonandalar tomonidan ijro etildi. Qolaversa, institutning iqtidorli talabalari kuylagan taronalar ham tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.