“Nazm va navo” kechasi

“Nazm va navo” kechasi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘zbek adabiyotining so‘nmas siymosi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi tashkil etildi.
Ushbu tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorli bilan yaqindan tanishdilar. Adabiy-badiiy kechani institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev ochib berdi.
“Nazm va navo” kechasi
Ta’kidlandiki, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy oʻzining boy maʼnaviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror gʻazal va dostonlari bilan bashariyat adabiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan. Alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror soʻz sanʼati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan bebaho ijod namunalari asrlar osha oʻz mazmun va sayqalini yoʻqotmay, ulkan maʼnaviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.
“Nazm va navo” kechasi
Albatta, Alisher Navoiy qalamiga mansub oʻlmas gʻoyalar tarannum etilgan asarlar oʻz qadr-qimmatini aslo yoʻqotmaydi. Asrlar davomida xalqimiz Navoiy asarlaridan bahramand boʻlib, uni sevib mutolaa qilaveradi.
Kechaga mehmon sifatida taklif etilgan O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti yetakchi ilmiy xodimi f.f.n. Burobiya Radjabova “Lidiya Batning Navoiyga bag‘ishlab yozgan “Hayot bo‘stoni” nomli romani haqida” va O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti katta ilmiy xodimi, f.f.n. Sirdaryoxon O‘tanova “Alisher Navoiyning musiqiy salohiyati va qarashlari””mavzularida ma’ruza qildilar.
“Nazm va navo” kechasi
Shu o‘rinda aytish lozimki, Navoiy ijodiga eʼtibor qaratar ekanmiz, bobomiz oʻz ijodida juda ko‘p betakror soʻzdan keng foydalangani, hassos shoir yuksak ijodiy mahorat va ulkan soʻz boyligiga ega boʻlganiga amin boʻlamiz. Buyuk ajdodimiz so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlar tinglovchilarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirish, ona tilimizga yanada ko‘proq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
“Nazm va navo” kechasi
Tadbir davomida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari ishtirokidagi musiqiy dastur yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
“Nazm va navo” kechasi
“Nazm va navo” kechasi
“Nazm va navo” kechasi
Chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro qilindi.
“Nazm va navo” kechasi
“Nazm va navo” kechasi

image_pdfimage_print