Mutasaddilar tomonidan talabalar turar joyining holati o‘rganildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida vazirlik mas’ullari talabalar turar joyi va o‘quv binolaridagi issiqlik manbalarining holati bilan tanishdi.
Qolaversa, mutasaddilar talabalar bilan samimiy muloqot olib borib, ularning kelgusidagi ishlariga va o‘qishlariga muvaffaqiyat tilashdi.
Eslatib o‘tamiz, oliygohda an’anaviy o‘qish boshlangan. Shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qiladigan yigit-qizlar uchun sharoitlar yaratilib, institut rahbariyati, fakultet dekanlari hamda tyutorlar tomonidan muntazam ravishda ularning holidan xabar olinmoqda.