1

Mustaqillik darslari



Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat istitutida joriy о‘quv yilining birinchi kuni Mustaqillik darslari bilan boshlandi. Filologiya fanlari doktori, professor, mazkur institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Teatr san’ati fakultetining talabalikka tavsiya etilgan о‘g‘il-qizlari uchun videoroliklar asosida Mustaqillik darsini о‘tdi.

О‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishishi, о‘tgan 30 yil davomida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, ayniqsa keyingi 5 yilda davomida amalga oshirilgan islohotlar haqida aniq faktlarga asoslangan ma’lumotlar keltirildi.E’tirof etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilib, kо‘plab imtiyozlar berilmoqda.

Bu esa ularning iqtidorlarini namoyon etishlari, chuqur ilm olishlari, о‘zlari istagan sohani egallashlariga zamin yaratmoqda. Agar О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga 2017-2018- о‘quv yilida atiga 335 nafar talaba qabul qilingan bо‘lsa, 2021-2022-о‘quv yili uchun 1000 dan ortiq talaba qabul qilinmoqda. Bu ham bо‘lsa mamlakatimizda о‘g‘il-qizlar uchun berilayotgan imkoniyatning amaldagi ifodasidir. Muloqotlar jarayonida ushbu oliy о‘quv yurtida tahsil oladigan talabalar oldiga qо‘yiladigan talablar, intellektual salohiyat, insoniy fazilatlar haqida tushunchalar berildi.

Xalqimizning qalbi, yuragi bilan ishlaydigan bо‘lg‘usi soha xodimlarining xalqimiz oldida turgan mas’uliyati, majburiyatlari haqida fikrlar bildirildi.Bugun institutdagi barcha talabalar uchun о‘tilgan Mustaqillik darslari о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.

О‘zbekiston xalq shoiri,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Iqbol Mirzo tomonidan fan, ta’lim, madaniyat sohalarida olib borilayotgan qonun ijodkorligi, yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash borasidagi huquqiy asoslar haqida ma’lumotlar berildi.

Shu kunning о‘zida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev talabalikka tavsiya etilgan о‘g‘il-qizlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Institutda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, sport bilan shug‘ullanishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishdagi imkoniyatlar haqida sо‘zlab berdi. Samimiy kechgan muloqotlar jarayonida “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yо‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan Muxtorov Asqarjonning onasi Nurmatova Mayram institutda qabul jarayonlaridagi oshkoralik, shaffoflik, adolat mezonlari uchun institut rektoriga о‘z minnatdorchiligini bildirdi. “Estrada aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha kelgan Botirova Kamolaning onasi Botirova Jumagul ijodiy imtihonlarning jonli tarzda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri institut veb-sayti orqali uzatilgani abituriyentlarning ota-onalari, yaqinlarini ham ichkarida kechayotgan jarayonlarni kuzatib borishlari uchun imkoniyat yaratganligini alohida e’tirof etdi.
Tabalikka tavsiya etilgan о‘g‘il-qizlar bilan о‘tgan Mustaqillik darslarida joriy о‘quv yilidan boshlab institutning kredit-modul tizimiga о‘tishi, bu esa nafaqat professor-о‘qituvchilar shuningdek, talabalar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashi, mashg‘ulotlarga yangicha yondoshuvni talab etishi haqida fikrlar bildirildi.

Barcha jarayonlar markaziy televideniyeda yoritish uchun “О‘zbekiston-24” telekanali ijodiy guruhi tomonidan tasvirga olindi.

 

Matbuot kotibi