1

Mustaqillik bayramini nishonlashga oid yig’ilish o’tkazildi

Mustaqillik bayramini nishonlashga oid yig'ilish o'tkazildi

Joriy yilning 5-avgust kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Eldor Shermonov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Dekan va dekan o‘rinbosarlari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, qatnashgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan muhim vazifalar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan dolzarb ishlar xususida fikr yuritildi.

Qayd etildiki, eng ulug‘, eng aziz umummilliy bayramimiz – Mustaqillik kunini keng nishonlash muhim ijtimoiy-siyosiy voqeaga, qutlug‘ an’anaga aylangan. Ayniqsa, keyingi yillarda bu bayramni uyushqoqlik bilan, yuksak saviyada o‘tkazishga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimiz barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan dо‘stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi.

Jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, fuqarolar hamda millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi О‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng kо‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish о‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Ustoz va murabbiylar ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlod ongu shuuriga ana shunday yuksak islohotlarning mazmun-mohiyatini singdirishi lozim. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada shakllanishida jiddiy ahamiyat qaratishi zarur.

Qolaversa, yig‘ilish davomida mamlakatimizda ta’lim sohasi rivojlangani sayin yoshlarning oliy ma’lumot olishga bo‘lgan intilishi ham kuchayib borayotgani, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi yil sayin ortayotgani, mamlakatimizda qabul qilinayotgan qarorlar, ilgari surilayotgan tashabbuslar asosida manzilli imtiyozlar kengayib borayotgani, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan yoshlar, olis tumanlarda istiqomat qilayotgan shaxslarning oliy ta’lim olishi uchun ko‘plab imkoniyatlar berilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsiya tuzog‘iga tushib qolmaslik, uning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashish, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimi nomiga dog‘ tushirmaslik, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan muomala madaniyatiga, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, Qabul komissiyasi a’zolari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar zimmasidagi vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarish lozimligi aytildi.

Abituriyentlar hamda ota-onalarning asosli yoki asossiz noroziliklarini keltirib keltirib chiqarmaslik, buning uchun murojaatlar bilan ishlash, call-markaz faoliyatini to‘g‘ri tashkil etib borish zarur ekanligi qayd etildi.