
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkaziladigan mazkur tantanaga keng qamrovli tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituning 200 nafarga yaqin talabasi ham mazkur ayyomda bevosita ishtirok etish uchun jalb etilgan.
Mazkur talabalarning tantanalarga tayyorlanishi uchun institutda barcha sharoitlar yaratilmoqda. O‘quvchilarga yotoqxonada imkoniyatlar hozirlanishi bilan bir qatorda, ularga kunlik 4 mahal taom tayyorlanib, ulashilmoqda.
Bugun institutning kafedra o‘qituvchilari ushbu talabalar holidan xabar olib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Talabalar bilan suhbat davomida bayramga tayyorgarlik jarayonlari, ularning yashash sharoiti hamda muammo va kamchiliklari o‘rganildi.
Tez orada mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayramida munosib ishtirok etgan talabalarni institut hisobidan moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, ularni boshqa sovg‘alar bilan taqdirlash rejalashtirilmoqda.