Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif

Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurdi. Teatrning 84-mavsumi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 1-bosqich magistranti, sahnalashtiruvchi rejissyor Doston Haqberdiyev ijodiga mansub “Baxshi” spektaklining premerasi bilan boshlandi.
Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif
Institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev, Teatr san’ati fakulteti Ma’murjon Tо‘rayev, kafedra mudiri Sherzod Muhammadiyevlar ishtirok etgan spektaklda Sobiq ittifoq davrida xalqimiz boshiga tushgan kulfatlar, ularning о‘zga yurtlarda chekkan azoblari, oila a’zolaridan judo bо‘lishidek fojiali hayoti yorqin о‘z ifodasini topgan.
Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif
Rossiyaga surgun qilingan insonning о‘g‘li Turg‘unboyev О‘zbekistonga qaytib kelib, baxshichilik san’atiga e’tiborini qaratgan, uning rivojlanishiga о‘z hissasini qо‘shgan.
Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif
Sahnalashtiruvchi rejissyor Doston Haqberdiyev ijodiga mansub ushbu spektakl о‘zining dolzarbligi, har bir asar qahramoni tomonidan rollarni mahorat bilan ijro etilgani bois tomoshabinlar olqishi, ularning e’tirofiga sazovor bо‘ldi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print