Munisa Mavrulovaning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengashda “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Mavrulova Munisa Abduxalilovnaning “Jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashda milliy-madaniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar qatnashgan mazkur anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash raisi I.J.Yuldashev so‘z olib, mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli hamda juda samarali o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida aytib o‘tdi. Ilmiy tadqiqot sohasida erishilayotgan natijalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy izlanishlari hamda innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar xususida fikr yuritildi. Tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya ishi himoya qilingach, kengash a’zolari tomonidan ijobiy baholandi.
Dissertatsiya Munisa Mavrulova tomonidan munosib tarzda himoya qilindi. Institut rahbariyati Munisa Mavrulovani mazkur muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi hamda uning kelgusi ilmiy faoliyatiga rivoj tiladi.