Muhim masalalar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Joriy yilning 4-iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Eldor Shermonov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Dekan va dekan o‘rinbosarlari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tyutorlar qatnashgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida ko‘tarilgan dolzarb masalalar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar muhokama etildi.

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Ta’kidlanganidek, oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Mamlakatimizda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, aholi turmush farovonligini hamda ularning real daromadlarini muttasil oshirib borilishiga erishish, yurtdoshlarimizning turmush darajasini yaxshilash, ularning iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida samarali ishlar bajarilmoqda. Ustoz va murabbiylar ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlod ongu shuuriga ana shunday yuksak islohotlarning mazmun-mohiyatini singdirishi lozim. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada shakllanishida jiddiy ahamiyat qaratishi zarur. Yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida yanada samarali ishlarni bajarish kerak. Pedagogik jamoa a’zolari yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, tarbiyali, odobli, intizomli, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun astoydil harakat qilishi shart.
Shuningdek, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda ilmiy faoliyat yuritish borasida faoliyatni takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Qabul jarayonlarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Yig‘ilish davomida talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni bajarish lozimligi e’tirof etildi. Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda tarqatilayotgan milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan turli xildagi salbiy illatlarning farzandlarimiz fikriga singdirilishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak, ekanligi aytildi. Ta’lim va tarbiyaning uyg‘un holda olib borish zarurligi uqtirildi.

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Yoshlarimizning talabalik davrlaridan mehnat faoliyatini olib borishlari barcha say’-harakatlarni, samarali ishlarni bajarish juda zarur ekanligi qayd etildi. Talabalar hamda ish beruvchilar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida muntazam ravishda talabalarga ma’lumot berish kabi ishlarni amalga oshirish shular jumlasidandir.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy bo‘shliqni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga doir vazifalarni bajarishi darkor.

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Muhim masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Tyutorlarning vazifalari xususida ham fikr yuritildi. Ular institut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishga harakat qilishi kerak.
Qayd etilganidek, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi ustoz-murabbiylardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi.

image_pdfimage_print