“MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI” MAVZUIDAGI UCHRASHUV

"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV

"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasining “Adiblar xiyoboni” ga bu galgi tashrifi о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.

Muhammad Yusuf ijodi, she’riyatga oshufta kо‘ngillar – О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, poytaxtimizdagi boshqa oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilari, talabalar shoir haykali oldida jam bо‘lishdi.
"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV
Shu yerning о‘zida shoir hayoti, uning vatanni madh etuvchi she’rlaridan namunalar aytildi. Institut jamoasi tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari asosida yaratilgan qо‘shiqlar ijro etildi.
"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV
Shoir ijodining о‘ziga xos jihatlari, ularni milliy adabiyotimizni rivojlantirishdagi о‘rni zamondoshlari tomonidan e’tirof etildi.
"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV
Muhammad Yusuf bilan bog‘liq yorqin xotiralar yana bir bora yodga olindi. Sо‘zga chiqqanlar tomonidan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodidagi vatanparvarlik g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish, uning hayoti va ijodini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV
Shunday uchrshuvlar о‘g‘il-qizlarni о‘zbek she’riyatiga bо‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, buyuk shoir, yozuvchi, allomalarimiz, boy madaniy me’rosimizga hurmat ruhida tariyalashda muhim о‘rin tutishi ta’kidlandi.
"MUHAMMAD YUSUF- VATAN KUYCHISI" MAVZUIDAGI  UCHRASHUV
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘liq shu kabi tadbirlar kelgusida ham О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan an’anaviy tarzda о‘tkazilib boriladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print