
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev tashabbusi bilan ushbu ta’lim dargohida komissiya tuzildi.
Mazkur komissiyaning vazifasi institutda Muhammad Yusuf ijodi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini o‘rganish etib belgilandi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga biriktirildi. Ushbu vazifalardan kelib chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tadbirlar rejasi belgilab olingan. “Muhammad Yusuf” nomi bilan ataluvchi kо‘shk, shoir ijodi va hayoti aks etgan alohida о‘quv xonasi tashkil etildi. Institut professor-о‘qituvchilari, talabalari ishtirokida “Mangu osmon”, Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dramatik dostoni asosida “Qora quyosh” spektakllari sahnalashtirildi. 2020 – 2021 о‘quv yilidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus kurslar tashkil qilindi.
Shuningdek, barcha ta’lim yо‘nalishlari hamda mutaxassisliklar о‘quv rejasiga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bо‘yicha mavzular kiritildi. Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘lab о‘rganib borilmoqda. Muhammad Yusufning ijodi olamlarga tatiydi. She’rlaridagi mavzularning xilma-xilligi va rang-barangligi Muhammad Yusufning serqirra ijodkor ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa uning hayoti va ijodining yana ham chuqurroq o‘rganishni talab qiladi.
Qolaversa, ushbu komissiya a’zolari tomonidan institutning “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan yaratilayotgan darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy dars ishlanmalar, nashr etilayotgan ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalarning darajasi va ahamiyati tahlil qilinadi. Profеssor-o‘qituvchilarining ilmiy va uslubiy salohiyati, iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlari, tashkil etilayotgan turli tanlovlardagi ishtiroki, amaliy va innovatsion tanlovlar uchun tayyorlayotgan yoki rejalashtirilayotgan loyihalari bilan tanishib chiqiladi.
Mamlakatimizdagi navqiron avlod tafakkurini boyitishga, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishga xizmat qiladigan, yoshlarning tarbiyasida juda muhim ahamiyat kasb etadigan asarlarni yozgan ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga qaratilgan vazifalar qay tartibda bajarilayotganiga e’tibor qaratiladi. Xususan, Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat xalqimizning, balki insoniyatning bebaho ma’naviy xazinasidir. Buyuk mutafakkirning serqirra ijodi asrlar mobaynida insoniyatni hamjihatlikka, ilm-ma’rifatga chorlab, xalqimiz uchun cheksiz faxr-iftixor timsoli bo‘lib kelmoqda.