Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda

 

 

“О‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Ijod studiyasi”  tomonidan “Muhammad Yusuf: Ulug‘imsan Vatanim!” badiiy-publitsistik hujjatli filmi suratga olinmoqda.

 

Mazkur film О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bо‘lib, unda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiranomalar о‘rin olgan. Shuningdek, shoirning shartli obrazi orqali ijodiy kayfiyati, iztiroblari, yozish jarayonlari manzarasi yoritiladi. Muhammad Yusuf tug‘ilib о‘sgan qishloq, bolaligi, 1970-1990 yillardagi adiblar anjumanlari, gazeta va jurnallarda chop etilgan she’rlari, о‘zining ishtirokidagi video xronikal tasvirlardan foydalaniladi.

 

Film ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqо‘ziyev,postanovkachi operator Rixkibek Shermuxammedov, badiiy rahbar Ibrohim Yо‘ldoshev.

image_pdfimage_print