Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg’onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg’onish” MFYda bo’lib o’tdi. Konsert dadturi “E’zoz” folklor ansamblining o’ziga xos chiqishlari bilan boshlandi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O’zDSMI dotsenti Vahobjon Rustamov rejissorligidagi tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi. Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi. Institut talabalarining orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilingan gо‘zal raqslar esa barchani davraga chorladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mahalla ahli о‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Mahalla aholisi bunday eʼtibordan juda mamnun bo‘lishdi. Konsert dasturida shuningdek, respublikamizning taniqli estrada xonandalari, xalqimiz suygan yulduzlari tomonidan ham shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi va bu davraga yanada о‘zgacha tarovat, kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bunday tadbirlar yoshlarimizni maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o‘zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi, – deydi mahalla raisi o‘rinbosari Zuhra Turopova. – Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turibdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflangan. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishlari joiz. Hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda. Zotan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy davom etmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uyg'onish” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

image_pdfimage_print