
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shukur Burxonov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli kasb kasalliklari shifoxonasida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir “Sayqal” ansamblining go‘zal navolari ostida ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Yurtimizda sermahsul ijod qilayotgan san’at va madaniyat vakillari, o‘z ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlar, estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan mumtoz ashulalar aytildi. О‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artistlar tomonidan odamlar qalbidan o‘rin egallagan shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi.
Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turibdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflangan. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishlari joiz. Hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda.
Zotan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi.