Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi hamkorligida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashayotgan aholi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar ishtirokida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi.

“Sayqal” ansamblining go‘zal navolari ostida, ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir ajib bir bayramona ko‘rinish oldi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Noz-ne’matlarga to‘lib toshgan dasturxonda milliy taomlar, ko‘k somsa, chuchvara, halim, sumalak, shirmoy non va shirinliklar tortiq etildi. Navro‘z bayrami oldidan mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bayramona kechalarni muntazam o‘tkazilishi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligi aytildi. Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida yangilanish, yasharish fasli bahor ko‘tarinkilik, hamjihatlik bilan qarshi olingani, milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lmish “Navro‘z” bayramining qadimdan nishonlanib kelishi tarixi, bu bayram qut-baraka, mehr-oqibat, bunyodkorlik va hamjihatlik timsoli ekanligi xususida muhim fikrlar bildirildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari tomonidan chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar ijro qilindi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflandi. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarimizni maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o‘zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi. Bu esa o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirdi, ruhlantirdi. Institut talabalarining orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilingan gо‘zal raqslar esa barchani davraga chorladi. Mahalla ahli о‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyatiga, ijodiy jamoaga, Yoshlar ishlari agentligining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi vakillariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Tadbirga yig‘ilganlarning barchasi chinakam bayram kayfiyatida bo‘ldilar.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shalola” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

image_pdfimage_print