Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 225-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir “Sayqal” ansamblining go‘zal navolari ostida ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Yurtimizda sermahsul ijod qilayotgan san’at va madaniyat vakillari, o‘z ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlar, estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan mumtoz ashulalar aytildi. О‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artistlar tomonidan odamlar qalbidan o‘rin egallagan shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi. Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari yig‘ilganlarning kayfiyatini ko‘tardi. Talabalar tomonidan raqslar ijro qilindi. Iqtidorli talabalar xalqimizning taniqli aktyorlari, xonandalari, qiziqchilarining ovozlariga taqlid qilishdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ushbu tadbir yoshlarimizni maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o‘zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi, Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turibdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflangan. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishlari joiz. Hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda. Zotan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi. Ko‘lamining kengligi hamda ahamiyati jihatidan muhim bo‘lgan ushbu tadbirga juda katta tayyorgarlik ko‘rilgan yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Albatta, o‘rni kelganda aytish lozimki, mazkur bayramona tadbirning tashkil etilishi arafasida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev boshchiligida o‘ziga xos maslahat tusini olgan yig‘ilishlar o‘tkazilib, tadbirlar davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uqtirilgan. Musiqa cholg‘ulalaridan juda mahorat bilan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Bildirilgan muhim fikrlar o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirgan, ruhlantirgan. Bunday say’-harakatlarning natijasi ushbu tadbirda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Mahalla aholisi bunday eʼtibordan juda mamnun bo‘lishdi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirning yoshlar tarbiyasida, ayniqsa, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati juda yuqori bo‘ldi, – desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

image_pdfimage_print