Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli kasb kasalliklari shifoxonasida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir “E’zoz” folklor-etnografik ansamblining go‘zal navolari ostida ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi qoshidagi “E’zoz” folklor-etnografik jamoasi tomonidan tayyorlangan xalq ijodiyoti namunalarimiz, milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’ana va marosimlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan dasturlar yig‘ilganlarni raqsga chorlab, mahalla ahlini, shifokorlar jamoasini hamda bu yerda dardiga davo istab kelgan kishilar qalbiga cheksiz xursandchilik baxsh etdi. Ular o‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Bunday eʼtibordan juda mamnun bo‘lishdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Yurtimizda sermahsul ijod qilayotgan san’at va madaniyat vakillari, o‘z ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlar, estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan mumtoz ashulalar aytildi. О‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artistlar tomonidan odamlar qalbidan o‘rin egallagan shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Mazkur bayramona tadbirning tashkil etilishi arafasida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev boshchiligida o‘ziga xos maslahat tusini olgan yig‘ilishlar o‘tkazilib, tadbirlar davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uqtirilgan. Musiqa cholg‘ulalaridan juda mahorat bilan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Bildirilgan muhim fikrlar o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirgan, ruhlantirgan. Bunday say’-harakatlarning natijasi ushbu tadbirda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turibdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflangan. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishlari joiz. Hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Zotan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi.

image_pdfimage_print