Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 171-umumta’lim maktabida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi. Institut talabalarining orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilgan gо‘zal raqslari esa barchani davraga chorladi. Konsert dasturida shuningdek, respublikamizning taniqli estrada xonandalari, xalqimiz suygan yulduzlari tomonidan ham shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi va bu davraga yanada о‘zgacha tarovat, kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari, kuy-qoʻshiqlari, qalblarga shodlik, xursandchilik jo etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Har bir chiqish gulduros qarsaklar bilan qо‘llab-quvvatlab turildi. Bu esa o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirdi, ruhlantirdi. Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari yig‘ilganlarning kayfiyatini ko‘tardi.

Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflandi. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishlari joiz. Zotan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Eng quvonarlisi, tadbirga yig‘ilganlarning barchasi chinakam bayram kayfiyatida bo‘ldi, raqsga tushib, davraga fayz kiritdi. Ular o‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirning yoshlar tarbiyasida, ayniqsa, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati juda yuqori bo‘ldi, – desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

image_pdfimage_print