1

Maryam Ashurova tavalludining 70 yilligi nishonlandi

Maryam Ashurova tavalludining 70 yilligi nishonlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining O‘quv teatrida tetar san’ati fakulteti “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi tashkilotchiligida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor v.b. Maryam Ashurova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institut rahbariyati, iqtidorli talabalar, qolaversa, el suygan xonandalar, so‘z ustalari, Maryam Ashurovaning yaqin insonlari va shogirdlari ishtirok etdi.

Ijodiy kecha avvalida Maryam Ashurova hayoti va ijodiga oid videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.