“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan joriy yilning 25-aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv teatrida “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati kafedrasi” talabalari ijrosida “Mangu osmon” spektakli namoyish qilindi.

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor, taniqli rejissor Hamida Mahmudova tomonidan sahnalashtirgan mazkur sahna asarida Muhammad Yusufning tug‘ilishidan tortib, umrining oxirigacha bо‘lgan voqealar aks ettirilgan.

“Mangu osmon” spektakli shoirning hayoti va ijodiy yо‘lini xronologik tarzda namoyon etishga xizmat qiluvchi sahna asari bо‘lib, uning syujet va kompozitsiyasi shoir haqidagi zamondoshlar xotirasi va she’rlari asosiga qurilgan.

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

Asarning asosiy maqsadi mustaqillik kuychisi Muhammad Yusufning shoir, jurnalist va jamoat arbobi bо‘lib shakllanishi evolyusiyasi, shoir hayotining kurashlarga boy shodon va mungli sahifalarini uning о‘z she’rlari vositasida ochib berishdan iborat bо‘lgan.

Spektaklda qatnashgan har bir talabaning iqtidori, iste’dodi alohida e’tirofga loyiqdir. Bu sahna asarida rol ijro etish juda katta mahoratni, tinimsiz mehnatni, astoydil sa’y-harakatni talab qiladi. Talabalar rolini mohirlik bilan ijro qilib, zimmasidagi vazifani uddalashdi. Ular aktyorlik qobiliyatlari, iste’dodi, ijodkorliklarini namoyon etishdi.

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

“Mangu osmon” spektakli namoyish etildi

image_pdfimage_print