Mamlakatimiz vakillari “Turk dunyosida oliy taʼlim kelajagi” yosh olimlar xalqaro kongressida ishtirok etdi

Mamlakatimiz vakillari “Turk dunyosida oliy taʼlim kelajagi” yosh olimlar xalqaro kongressida ishtirok etdi

Anqara shahrida 23-dekabr kuni boshlangan Turk dunyosi yosh tadqiqotchilarining Xalqaro kongressi bugun oʻz nihoyatiga yetdi.
Yosh akademiklar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida Turkiya va xorijdan koʻplab yosh olimlar bilan bir qatorda Turkiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yavuz Selim Kiran, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vitse-prezidenti Rahman Nurdun va xorijdagi qardosh xalqlar ishtirok etdi.
Mamlakatimiz vakillari “Turk dunyosida oliy taʼlim kelajagi” yosh olimlar xalqaro kongressida ishtirok etdi
Turkiya Prezidenti Milliy kutubxonasida boʻlib oʻtgan kongressda Yavuz Selim Kiran soʻzga chiqib, “Biz ilmiy taraqqiyosiz iqtisodiy rivojlanish zaif boʻlib qoladi, deb oʻylaymiz. Shu bois, bugungi kunda turkiy xalqalarning ilm yoʻlida birlashishi ayni muddaodir”, deya taʼkidladi. YTB vitse prezidenti Yusuf Turkiy Respublikalar oʻrtasida oʻtmishda talabalar almashinuvida muammolar boʻlganini eslab: “Soʻnggi yillarda katta oʻzgarishlar boʻldi. Turkiy tilliy davlatlar bilan oʻrnatgan munosabatlarimiz bugun turgʻun holatga keldi”, – dedi.
Yosh akademiklar Uyushmasi rahbari Yunus Kacabyik, Kongress Turkiya va Turk dunyosida taʼlim faoliyatini davom ettirayotgan universitetlar va yosh akademiklarni mushtarak intellektual maqsad atrofida birlashtirib, hamkorlikni oshirish uchun tashkil etilganini bildirdi.
Mamlakatimiz vakillari “Turk dunyosida oliy taʼlim kelajagi” yosh olimlar xalqaro kongressida ishtirok etdi
Eslatib oʻtamiz, Kongressda 15 davlatdan 80 nafar akademik ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirda Oʻzbekistondan qatnashayotgan 7 nafar yosh olim davlatimiz taʼlim tizimini Turk dunyosi yosh akademiklariga tanishtirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Jumladan, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktoranti Kamoliddin Umarov Kongress davomida “Oʻzbekiston taʼlim tizimida sanʼat va madaniyatning oʻrni” mavzusida maʼruza qilib, taʼlimda sanʼat va madaniyatga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar borasida soʻz yuritdi.
– Mamlakatimiz rahbarlari boshlab bergan hamkorlik boʻyicha tashabbuslar barcha sohalarda davom etmoqda. Turk dunyosi yosh olimlari kongressi ham ana shunday tadbirlardan biridir. Ilmiy salohiyatimizni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tajriba almashishga qaratilgan bu kabi saʼy-harakatlar biz – yosh tadqiqotchilar uchun ayni muddao boʻldi, – dedi u.
Mamlakatimiz vakillari “Turk dunyosida oliy taʼlim kelajagi” yosh olimlar xalqaro kongressida ishtirok etdi
Maʼlumot uchun: Turk dunyosi yosh akademiklari Kongressi delegatsiyasi sifatida Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Milliy arxeologiya markazi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktarantlari, kichik ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Turkiya poytaxti Anqaradan jurnalist Sitora Yoʻlchiyeva tayyorladi.

image_pdfimage_print