1

Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat (hozirgi Madaniyat va Turizm vazirligi) vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 541-sonli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida bolalar musiqa va san’at maktabilarining direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun joriy yilning 18-yanvaridan maxsus qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlangan.

Ushbu kurslarda barcha hududlardan tashrif buyurgan 34 nafar direktor o‘rinbosari ishtirok etmoqda. Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati tomonidan institutda faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov va boshqa san’at darg‘alari tomonidan tinglovchilarga mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsi davomida tinglovchilarga yosh iqtidorlarni kashf etish ularni ijod pillapoyasida yo‘qolib ketmasligi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikr almashildi.