Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida

Joriy yilning sentyabr oyida Poytaxtimizning Yunusobod tumanida ochilgan «Ijodkorlar lobaratoriyasi»da Òzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Sahna nutqi mutaxassisi, san’atshunoslik fanlari nomzodi Gòzal Xoliqulova mehmon bòldi. Mazkur laboratoriyada òzlarining bilim va kònikmalarini yoshlarga òrgatayotgan taniqli suhandon Jamshid Umrzoqov boshchiligidagi bir guruh yoshlarga Gòzal Xoliqulova «Suhandonning nutq mahorati» bòyicha Mahorat darsi òtdi.

Yosh jurnalist va suhandonlarga nutq mahoratini oshirish uchun artikulyatisya, diksiya, ovoz ustida ishlashning sir-asrorlari turli hil interfaol metodlarga asoslanib, qiziqarli tarzda olib borildi. «Yaxshi notiq kòp narsani eshitishi, kòp narsani kòrishi, kòp narsani mulohaza qilishi va òzlashtirishi hamda kòp kitob òqib chiqishi kerak bòladi. Eng muhim mavzular va fanlarni òrganmay turib, har taraflama maqtovga sazovor notiq bòlish mumkin emas» deya ta’kidlagan edi Sitseron. Pandemiya sharoiti bòlishiga qaramasdan, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bòsh vaqtini mazmunli tashkil etish bòyicha yòlga qòyilayotgan mana shunday loyihalar tashkil etilayotganligi va ularga maxoratli ustozlarni bosh bo`layotganligi yanada quvonarli.

O‘zbekiston ziyolilari bilan uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qat’iyat bilan “Havas qilsa arziydigan ulug` ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo`ladi”, deb ta’kidlagan edi. Rostdan ham adabiyot va san’at rivoji millat ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, notiqlik san’atining to`xtovsiz tadrijiy shakllanishi butun bashariyatning ezgulikka do`nishida ko`makdosh bo`ladi.

Kishilik jamiyati paydo bo`libdiki, so`z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Notiqlik, voizlik ana shunday san’atdir. “Ritorika”, “oratorlik”, “xatoba” nomlari bilan ham yuritiluvchi ushbu san’at har bir davrda o`sha zamonning mafkurasiga xizmat qilib kelgan. Shu ma’noda, notiqlikni dudama xanjarga o`xshatishadi. Ya’ni, u ikki tomoni ham kesuvchi quroldir. Bir tomonida adolat tursa, ikkinchi tomonida adovat. Kim undan qanday foydalanishga bog`liq. Bu san’atdan buyuk bobokalonlarimiz – Amir Temur, hazrat Navoiy, Mirzo Boburlar ham, Chingizxon, Gitler, Gebelslar ham maqsadli foydalangan.

Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o`rni beqiyos. Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish san’atini egallashni davrning o`zi talab qilib turibdi. Barcha jabhada butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg`otish va insondagi ayrim illatlarni yo`qotishda notiqlikning samarasi bebahodir.

Notiqning nutqi ta’sirchan bo`lishi, auditoriyani o`z ortidan ergashtirib keta olishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida Go`zal Erkinovna: “Nutqning ta’siri ikki xil omilga bog`liq. Nutq jarayonida ana shunga rioya etilmasa, maqsad oqibatsiz tugaydi. Bu nutq sifatlari va texnikasidir. Nutqning to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ta’sirliligi, jo`yaliligi, boyligi, ifodaviyligi, soddaligi, qisqaligini talab etuvchi omillar uning sifatini tashkil etadi. Har ikkalasini amalda to`la va shirin qo`llay bilmagan notiq “yutqizadi”. Nutq paytida notiq bilan tinglovchilar o`rtasida bir-birini tushunishi va yaqinlik ancha jonli bo`lishi lozim. O‘zini tutishi, xarakteri, so`zlash manerasi, fikr yuritish usulimi, qaysi biri bo`lishidan qat’i nazar, tinglovchi uni yoqtirib qolishi kerak. Hech bo`lmaganda, tinglovchilar bir hafta mobaynida sizning ma’ruzangiz ta’sirida to`lqinlanib, o`zaro muhokama qilib yurishi kerak. O‘zining so`zi bilan suydira olish, tinglovchida qayta uchrashish ishtiyoqini uyg`otish bilan xayrlashish notiq muvaffaqiyatining garovidir. Nafas mashqlari inson organizimini mustahkamlashda asosiy rolni o`ynaydi. To`g`ri nafas olishni bilish juda muhim sanaladi. Suhandon jamiyatni adabiy tilga o`rgatadi. Shuning uchun uning xato qilishiga haqqi yо`q” deya ta’kidlaydilar.

Qadimgi notiqlarning fikricha, yaxshi nutqning kuchi fikrlarning o`zaro bog`lanishi bilan belgilanadi – agar tinglovchilar bir fikrni qabul qilsa, u bilan bog`liq qolgan fikrlarini ham tan olishi kerak.
Ta’lim va muloqotning kaliti – nutq bilan, tarbiya va muomalaning kaliti – xulq bilan ekanligini yodda tutish zarur.

Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida

Sur’atlarni Abduhalil Abdullayev olgan

Jumagul Nishonova
O`zDSMI Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisi

image_pdfimage_print