“Mahallada duv-duv gap” davom etmoqda

“Mahallada duv-duv gap” davom etmoqda

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan O‘zbekiston badiiy akademiyasi, P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Rassomchilik maktabida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida navbatdagi madaniy-marifiy tadbir tashkil etildi.
Unda mahallalarda yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida so‘z olgan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev mahalla aholisini 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tabrikladi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi davlat suverenitetining ramzi hisoblanishini, unga alohida ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanligini ta’kidladi. O‘zbekistonda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib, yurtparvar, g‘ururli, sadoqatli insonlar sifatida kamolga yetkazish, bilim va maʼrifat olishi yo‘lida barcha imkoniyat va sharoitlar eshigini keng ochib berish masalasi ustuvor ahamiyat kasb etayotgani aytildi.
“Mahallada duv-duv gap” davom etmoqda
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, bayrog‘i, madhiyasi qabul qilingan kunlarni shodumon va ko‘tarinki ruhda, yuqori kayfiyatda nishonlanadi. Bu esa ko‘ksida Vatan degan nomni olib yurishni yuksak sharaf bilgan barcha hamyurtlarimizning maʼnaviy hayotida o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
“Mahallada duv-duv gap” davom etmoqda
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamkorligida Prezidentimiz ko‘rsatmalariga binoan, 2021-yilning noyabr-dekabr oylarida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida poytaxtning barcha mahallarida maʼnaviy-maʼrifiy va konsert tadbirlarini o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgani hamda aholi qalbida bugungi tinch va osuda hayotimizga shukronalik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida joylarda muntazam ravishda mana shunday xush kayfiyat ulashadigan tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi.
“Mahallada duv-duv gap” davom etmoqda
“Mahallada duv-duv gap” davom etmoqda
Ushbu madaniy tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, estrada xonandalari, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, laparlar va o‘lanlar, raqslar, vatanparvarlik va shukronalik ruhidagi sheʼriy namunalar aholi tomonidan o‘zgacha bir zavq, quvonch, xursandchilik bilan kutib olindi.

image_pdfimage_print