Magistratura mutaxassisligi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sobir Jumayev hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i Matluba Isakova magistratura mutaxassisligi talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalarning ilmiy faoliyati, kelgusidagi rejalari haqida suhbat uyushtirildi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sobir Jumayev talabalarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishida institut rahbariyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.
Shuningdek, talabalarning chet tillarini bilish darajasini rivojlantirishda davom etishi lozimligi, xorijiy manbalarni o‘rganish orqali zamonaviy ilm-fan yangiliklarini amalda tatbiq etish ustuvor vazifa ekanligi aytib o‘tildi.