MADHIYAMIZ MADH ETILDI

MADHIYAMIZ MADH ETILDI

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturi tashkil etildi.
Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi-xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Xalqimizning ulug‘vor taronasi yig‘ilganlar jo‘rovozligida kuylandi.
MADHIYAMIZ MADH ETILDI
Bayram tadbirida so‘z olgan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi davlat suverenitetining ramzi hisoblanishini; unga alohida ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, madhiyamiz yoshlarda Vatanga muhabbat hamda boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda ularning har tomonlama barkamol va yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi aytildi.
MADHIYAMIZ MADH ETILDI
“O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan. Shundan buyon ushbu sana har yili keng ko‘lamda nishonlanib kelinmoqda.
MADHIYAMIZ MADH ETILDI
Madhiyada xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi mujassam bo‘lib, qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otadi.
MADHIYAMIZ MADH ETILDI
Ushbu tadbir О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Arzimurodovaning “Ey ko‘ngil” nomli konsert dasturi bilan davom etdi. Xonanda tomonidan ijro etilgan “Alla”, “Ko‘rmadim”, “Ey ko‘ngil”, “Ey sabo”, “Onajonim qaydasiz” singari qo‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud etdi.
MADHIYAMIZ MADH ETILDI

MADHIYAMIZ MADH ETILDI
Bayram tadbiri barcha uchun esda qolarli bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

image_pdfimage_print