Madaniyat vaziri tojikistonlik talabalar bilan uchrashdi

Madaniyat vaziri tojikistonlik talabalar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil etilgan oʻquv kurslarida tahsil olayotgan 15 nafar tojikistonlik talaba bilan uchrashdik.

Madaniyat vaziri tojikistonlik talabalar bilan uchrashdi

Muloqot davomida anʼanaviy ijrochilik, opera va balet, teatr yoʻnalishlarida malaka oshirayotgan tojikistonlik yoshlar yurtimizda boʻlishdan baxtiyor ekanliklarini, bu oliygohda tajriba orttirish, zamonaviy bilimlarni egallash barobarida xalqimizga xos turli urf-odatlar, xalqona termalar hamda milliy kuy va cholgʻu asboblarini chuqurroq oʻrganayotganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Madaniyat vaziri tojikistonlik talabalar bilan uchrashdi

Bir daryoning ikki qirgʻogʻiga mengzalgan Oʻzbekiston va Tojikiston davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstona aloqalar, har bir sohadagi samarali hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, madaniyat sohasining turli yoʻnalishlarida hamkorlik va tajriba almashish amaliyotining joriy etilishi soha rivojiga mislsiz hissa qoʻshmoqda.

Madaniyat vaziri tojikistonlik talabalar bilan uchrashdi

Oʻylaymizki, bu boradagi hamkorlik bardavom boʻlib, sohaning yosh vakillari ishtirokida yanada mustahkamlanadi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

image_pdfimage_print