Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Teatr san’ati fakulteti talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi

 

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Teatr san’ati fakulteti  talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi
Bugun О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san’ati fakulteti “San’at sohasida prodyuserlik” ta’lim yо‘nalishi 1-hamda 2-bosqich talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Teatr san’ati fakulteti  talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotda О‘zbekiston uchun yangi soha bо‘lgan prodyuserning vazifalari, uning qanday bо‘lishi lozimligiga e’tibor qaratildi. Mavzuning dolzarbligidan kelib chiqilgani holda bugungi kunda xonandalar oldida turgan turli sohalarni о‘zlashtirishdek mashaqqatli mehnat haqida ma’lumotlar berildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Teatr san’ati fakulteti  talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi
Ayni paytda yurtimizda prodyuserlik faoliyati rivojlanmaganligi sababli xonandadan boshlovchilik qilish, nutq madaniyati, auditoriyani boshqarish singari kо‘plab jihatlar talab qilinadi. Bundan tashqari u imij haqida о‘ylashi, she’riyatni tushunishi, sahna madaniyati, repertuarlar tanlashi, qaysi formatda ijod qilishini ham mukammal egallashi lozim.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Teatr san’ati fakulteti  talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi
Bir kishining ushbu jihatlarni о‘zlashtirishi qiyin. Shu bois ham bugungi kunda kо‘plab talantli ijodkorlar о‘z iqtidolarini yuzaga chiqara olmayapti. Prodyuserlar zimmasida esa shu kabi ishlarni tashkil etishdek mas’uliyatli vazifalar turadi. О‘zaro savol-javob asnosida о‘tgan dars jarayonida xorijiy davlatlar san’atkorlari faoliyatida prodyuserlarning о‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Teatr san’ati fakulteti  talabalari uchun Prodyuserlik fanidan dars о‘tildi
Muloqot chog‘ida kelgusi darslar nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilishi, talabalar jamoalarga bо‘lingani holda amaliy mashg‘ulotlarda о‘z prodyuserlik mahoratlarini sinab kо‘rishlari,xorijiy davlatlar bilan xalqaro talaba almashinuvi, Madaniyat vazirligi qoshida faoliyat olib borayotgan Media markazda amaliyotni hamkorlikda olib borish borasida ma’lumotlar berildi. Jarayonlarni televizion loyihaga aylantirish bо‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print