Madaniyat va san’at sohasida zamonaviy boshqaruv jarayoni: muammo va yechimlar

Madaniyat va san'at sohasida zamonaviy boshqaruv jarayoni: muammo va yechimlar

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi tashabbusi bilan “SAN’AT – QALB KO‘ZGUSI” nomli Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida “Madaniyat va san’at sohasida zamonaviy boshqaruv jarayoni: muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Majidov Murodjon Abdullayevich, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi direktori Husanov Otabek Nishonovich, Teatr Arboblari uyushmasi raisi o‘rinbosari Eratov Usmon Babanazarovich, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi raisi Amirqul Karimov, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi Vahobjon O‘razmatov, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.v.b. Eldor Shermanov hamda vazirlik, idoralar xodimlari va institutning professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi mudiri, dotsent Sayfulla Ikramov olib bordi.

Konferensiyaning yalpi majlisida quyidagi ma’ruzalar o‘qib eshittirildi:

O‘zDSMI dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Fahriddin Abduvohidov tomonidan “Teatr muassasalarini boshqarishda xorij tajribasi”,
Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi raisi, Oliy ta’lim a’lochisi Amirqul Karimov tomonidan “Nomoddiy madaniy meros: xalq og‘zaki ijodi namunalarini asrash masalalari”,
O‘zDSMI dotsenti Manzura Yuldasheva tomonidan “Muzeylarni boshqarishda zamonaviy marketing”,
O‘zDSMI huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Sobir Madiyev tomonidan “Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari”,
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati etakchi maslahatchisi Vahobjon O‘razmatov tomonidan “Madaniyat va san’at ‒ jamiyat taraqqiyoti manbai”,
O‘zDSMI dotsenti A’zam Abduxalilov tomonidan “Qo‘g‘irchoq teatr san’atini rivojlantirishning ustuvor masalalari”,
O‘zDSMI dotsenti v.v.b. Mo‘minmirzo Xolmo‘minov tomonidan “Madaniyat markazlari faoliyatini boshqarishning dolzarb muammo va yechimlari”.
Konferensiya so‘ngida o‘qib eshittirilgan mavzular yuzasidan qizg`in bahs-munozaralar bo‘lib, kerakli takliflar bildirildi.

Ushbu konferensiya o‘tkazilishidan kо‘zlangan asosiy maqsad madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning ijrosini ta’minlash, sohani boshqarishga doir innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish kabi ustuvor vazifalarni tahlil etish va takliflar ishlab chiqish, shuningdek, madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalariga ham alohida e’tibor qaratishdan iborat.

image_pdfimage_print