
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti institutining “Madaniyat” futbol jamosi va Toshkent Kimyo-texnologiyalari institutining “Kimyo-texnologiya” jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazdi. Do’stona ruhda kechgan bahsda jamoamiz 8:5 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuv haqida jamoamiz a’zosi Shaxzod Shokirovdan maxsus intervyuni ham e’tiboringizga havola etamiz.
Maqsadimiz — faqat g’alaba, ammo chempionlikdan Respublika bosqichidagi ijobiy natija muhimroq
– Bugungi bahs haqida fikrlaringiz?
– Bugun “Students cup” musobaqasiga tayyorgarlik doirasida ilk o’rtoqlik o’yinida maydonga tushdik. Jismoniy holatimiz sekin-asta joyiga tushyapti, ammo taktik tomonlama biroz ishlashimiz kerak. Bu bugungi o’yinda ham biroz sezildi. Muhimi g’alaba qozondik, bu ruhiy jihatdan foydali bo’ldi.
– Jamoaga institut rahbariyati tomonidan e’tibor qay darajada bo’lmoqda?
– Barchasi yaxshi mashg’ulot o’tkazish va o’rtoqlik o’yinlari uchun a’lo darajadagi maydon ixtiyorimizda. Umuman olganda bu borada muammo bo’lmaydi. O’tgan yili ham barcha tomonlama professionalizm birinchi planda bo’lgan. Har qanday holatda ham biz institut sha’ni uchun maydonga chiqib borimizni beramiz.
– Jamoa o’tgan yili Toshkent shahar chempioni bo’ldi. Ammo Respublika bosqichida birinchi o’yindayoq mag’lubiyatga uchraldi. Bu yil reja qanday?
– Albatta, o’tgan yili Respublika bosqichida ilk o’yindayoq mag’lub bo’lganimiz yaxshi holat bo’lmadi. Ammo shahar chempionligi ham institut tarixidagi eng yirik natija, qolaversa shahar bosqichida Respublika bosqichidan ham ko’proq jamoalar bor edi. Bu yilgi maqsadimizga faqat g’alaba ammo chempionlikdan ko’ra Respublika bosqichidagi ijobiy natija muhimroq.
Pirmuhammad Xolmaxmatov suhbatlashdi.