1

Ma’naviy muhit samaradorligini yaxshilash dolzarb vazifa hisoblanadi

Ma’naviy muhit samaradorligini yaxshilash dolzarb vazifa hisoblanadi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ma’naviy muhit samaradorligini yaxshilashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida institutdagi ma’naviy muhit, talabalar holidan xabar olish, ular ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’daniy-ma’rifiy tadbirlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, fakultetlar tomonidan tayyorlangan ish rejalar va ularning bajarilish holati, talabalar turar joyi hamda ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning holati bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganildi.

Qolaversa, Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilayotgan topshiriqlar va ularni bajarish holati bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Shu bilan birga, tyutorlar tomonidan takliflar bildirildi. Ish faoliyatini tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish samaradorlikni oshirishning muhim omillaridan biri ekanligi ta’kidlandi.