
Joriy yilning 20-yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, dekan va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar ishtirokida boʻlib oʻtgan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusi mohiyati hamda ushbu intervyuda belgilangan muhim vazifalar, mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquqiy va ijtimoiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritildi.
Mazkur tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.
Ta’kidlandiki, O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘lda u jahonning ko‘plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti. Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan bo‘lgan suhbati so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarning sarhisobi bo‘lishi barobarida, bundan keyingi bosqichda mamlakatimiz qanday marralarni belgilab olganini tushunish uchun ham muhim manba hisoblanadi. Prezidentimizning nutqida taʼlim, qonun ustuvorligi va iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar, shuningdek, jamiyat rivojiga toʻsiq boʻluvchi muammolar xususida toʻxtalib oʻtilgan.
Qayd etildiki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan mamlakatimiz xalqaro jamoatchilik orasida ham o‘ziga xos va mos bo‘lgan o‘rnini topmoqda. Mamlakatning ichida kuzatilayotgan yangilanishlar Uchinchi uyg‘onish davrining o‘zagidir. Mamlakatimiz ichida ham, tashqi dunyo bilan munosabatlarda ham Yangi O‘zbekiston imiji yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Nafaqat mintaqa davlatlari, balki dunyoning yetakchi mamlakatlari ham O‘zbekistondagi ushbu yangilanishlarni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda va yuksak baholamoqda.
Ayni paytda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarining oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishda muhim oʻrinni egallagan. Yangi O‘zbekiston mintaqadagi eng asosiy ehtiyoj – barqarorlik va tinch-osuda hayotni ta’minlashdagi asosiy mamlakat, deb aytish mumkin.
Muloqot soʻngida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachidan javob oldilar.