Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i boshchiligida institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ijro intizomi qat’iy nazorat qilinishi ta’kidlandi. Qolaversa, talabalarning holidan xabar olish, ularning muammolarini hal qilish hamda ko‘mak berish kabi vazifalar belgilandi. Shu qatorda, tyutorlarning faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, tyutorlar tomonidan mavjud kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi. Talabarning moddiy-ma’naviy, qolaversa, psixologik holatidan hamisha xabardor bo‘lish lozimligi aytib o‘tildi.