1

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, dekanlar, tyutorlar va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Eldor Shermanov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriq berdi.

Qolaversa, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi hamda kelgusida oliygoh hududida yana yangi ko‘chatlar o‘tqazilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tozalik va gigiyena masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, talabalar turar joyida hamda ijara uylarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning holidan xabar olish, ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish dolzarbligi xususida fikr bildirildi. Tyutorlarga bu borada yanada mas’uliyatliroq bo‘lish kerakligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etilishi belgilandi.