Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi

Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Kitob tarixi” mavzusida mahorat darsi bо‘lib о‘tdi.
Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi
Dastlab, Ibrohim Yо‘ldoshev kiyinish madaniyati, bu borada institutda о‘rnatilgan tartib-intizom haqida tо‘xtaldi.
Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi
Shundan keyin qadimda yozuvlarning paydo bо‘lishi, dunyo kitobatchilik tarixi, uning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar keltirildi.
Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi
Birinchi va ikkinchi renessansda buyuk ajdodlarimizning tutgan о‘rni, ular tomonidan asos solingan buyuk kashfiyotlar, mazkur jarayonlarda yurtimizda qog‘ozning yaratilishi hamda uning insoniyat tamaddunidagi ahamiyati haqida misollar keltirildi.
Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darsi
О‘zbek klassik shoirlarining noyob asarlari, bugungi yoshlarni barkamol avlodlar bо‘lib voyaga yetishlarida ularning о‘rni, о‘g‘il-qizlarni о‘zlari tanlagan sohalar bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lib kamol topishlarida kitobning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print