Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish muhokamasi bo’lib o’tdi

Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish muhokamasi bo'lib o'tdi

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda joriy yil 25-iyundan 5-iyulga qadar “О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi о‘tkazilmoqda.

Ana shunday qizg‘in muhokama va suhbatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirlida tashkil etildi. “О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida” gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi bо‘yicha bo‘lib o‘tgan ushbu davra suhbatida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, prorektorlar ustoz-murabbiylar qatnashdi.

Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish muhokamasi bo'lib o'tdi

Yig‘ilish davomida birinchi о‘qishda qabul qilingan konstitusiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Aytilishicha, Konstitusiyaga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish bо‘yicha takliflar “Mening konstitutsiyam” platformasi orqali, koll-markaz orqali, mahallalar orqali, mahalliy deputatlik kengashlari hamda elektron pochta orqali kelib tushmoqda.

Ta’kidlandiki, mazkur qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq о‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda. Xususan, pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam kо‘rsatishning boshqa turlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bо‘lishi mumkin emasligi aniq kо‘rsatilmoqda. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularning ish haqini kamaytirishning taqiqlanishi, bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish qonunga binoan javobgarlikka sabab bо‘lishi Konstitutsiya bilan belgilangani aytib о‘tildi. Qolaversa, nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi, teng huquqlilikka asoslanishi, bolalarning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan tо‘laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yо‘nalishi ekani qayd etildi.

Davra suhbati davomida so‘z olgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev tomonidan ham konstitutsiyaviy о‘zgarishlarda inson manfaatlarini ta’minlash masalasida muhim ahamiyat qaratilganligi e’tirof etildi. Shijoatli yoshlarni tarbiyalash va uchinchi Renessansga zamin yaratish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalar, umumta’lim maktablar, oliy ta’lim va fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsion darajada mustahkamlanayotgani yanada quvonarli ekanligi aytildi.

Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish muhokamasi bo'lib o'tdi

Darhaqiqat, 41-moddaning amaldagi tahririda: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deyilgan. Bu moddaning yangi tahriri quyidagicha bо‘lishi taklif etilmoqda:

– Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

– Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga kо‘maklashadi.

– Davlat har bir bolaning umumiy о‘rta ta’lim tashkilotlariga о‘qishga kirishi uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan о‘tishga bо‘lgan huquqini kafolatlaydi.

Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish muhokamasi bo'lib o'tdi

Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish muhokamasi bo'lib o'tdi

– Bepul umumiy о‘rta ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Umumiy о‘rta ta’lim majburiydir.

– Maktab ishlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat nazoratida bо‘ladi.

– Ta’lim bо‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bо‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiya tashkil etiladi.

– Davlat iste’dodli yoshlarning moddiy ahvolidan qat’i nazar, ta’limni davom ettirishini kafolatlaydi.

– Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi.

– Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasidir.

– Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yо‘l qо‘yilmaydi.

Konstitusiyaga quyidagi mazmundagi 411-modda qо‘shilmoqda:

– Har kim davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma’lumot olishga haqli.

– Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada о‘zini о‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar о‘tkazish va о‘qitish erkinligi huquqiga ega.

– Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar о‘rnatishga kо‘maklashadi.

Aytildiki, 49-moddadagi: “Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” degan norma: “Tarixiy, ma’naviy va madaniy meros davlat muhofazasidadir”, deb о‘zgartirilmoqda. Bu moddaga quyidagicha qо‘shimcha qо‘shilyapti: “Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni va о‘ziga xoslikni himoya qilish, О‘zbekiston xalqi madaniy merosining kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish haqida g‘amxо‘rlik qiladi”.

261- va 262-moddalarni qо‘shish taklif etilmoqda. Bu yangi moddalarda quyidagilar belgilanmoqda:

– Har bir shaxs advokat yordamidan о‘z tanloviga kо‘ra hamda jinoyat protsessining har qanday bosqichida foydalanish, shaxs ushlab turilganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran foydalanish huquqiga ega.

– Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari tо‘g‘risida xabardor qilinish, о‘ziga qarshi kо‘rsatma bergan guvohlar bilan yuzlashtirilish, о‘z foydasiga kо‘rsatma berayotgan guvohlarning chaqirtirilishi huquqiga ega.

Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish muhokamasi bo'lib o'tdi

– Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yо‘l qо‘yilmaydi.

– Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiiste’mol qilishdan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga odil sudlovdan foydalana olishini va yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini ta’minlaydi.

– Har bir shaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning о‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.

– Hech kim ayni bir huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

– Hech bir shaxs sodir etilgan paytda huquqbuzarlik deb topilmagan qilmish uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

– Qilmish uchun jazoni istisno etadigan yoki yengillashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega.

– Javobgarlikni belgilaydigan yoki og‘irlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.

– Hech bir inson rasmiy ravishda e’lon qilinmagan qonunga asosan hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Muloqotda joylarda aholi bilan bо‘layotgan suhbatlarda zarur takliflar о‘rganilishi, barcha tarmoqlar rivoji uchun asos bо‘ladigan tashabbuslar ishlab chiqilishi zarurligi aytib о‘tildi. Konstitutsiya doimo jamiyatda bо‘layotgan о‘zgarishlarga hamohang ravishda bо‘lishi, yangi tarixiy davrga javob berishi hamda mamlakatdagi demokratik о‘zgarishlarini davom ettirishga imkoniyat yaratadi.

image_pdfimage_print