Konstitutsiya — meniki, seniki, bizniki

Konstitutsiya — meniki, seniki, bizniki

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatrida “Referendum-2023: konstitutsiya va yoshlar” shiori ostida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Dastlab institut rektori v.b. Eldor Shermanov yangilanayotgan konstitutsiyamizning mohiyati, uning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritib, barchani bo‘lajak referendumda faol bo‘lishga chorladi.

Konsert dasturida asosiy huquqiy manbamiz to‘g‘risida ko‘rinishlar, yosh va iqtidorli talabalar tomonidan ijod namunalari namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum 30 aprel kuni o‘tkaziladi.

image_pdfimage_print