Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa

Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Qomusim — or-nomusim” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Jo‘rayevich Yo‘ldoshev ochib berdi.
Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa
Rektor Ibrohim Jo‘rayevich Konstitutsiyamiz qabul qilingan suronli yillarning bevosita guvohi sifatida, mustaqillikning ilk yillari barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham og‘ir bo’lganini, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ta’limga bo‘lgan e’tibor naqadar kuchayganini alohida ta’kidlab o’tdi.
Yoshlarni ushbu osoyishta va inson manfaatlari qadrlanayotgan yurtda yashayotganligiga shukronalik keltirishi maqsadga muvofiq ekanligiga urg‘u berildi. Tadbirni kirish so’zi bilan ochib bergan Ibrohim Jo‘rayevich “Ilhaq” va “Ibrat” filmlarining rejissorlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining professor-o‘qituvchilari — Jahongir Ahmedov va Jahongir Qosimovlarning yutuqlari haqida alohida ta’kidlab, ularga xalqaro mukofotlarni topshirdi.
Jahongir Ahmedov tomonidan ishlangan “Ilhaq” filmi Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilgan kinofestivalda Gran-pri va Belarus prezidentining “Kinoda ma’naviyat va insonparvarlik g‘oyalari uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Jahongir Qosimovning “Ibrat” filmi ham yuksak mukofotlarga sazovor bo’ldi. Tarixda birinchi marta O‘zbekiston nomidan “Oskar” sovriniga nomzod o‘zbek filmlari qatoriga kiritildi.
Yana bir quvonchli xabar, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 1-bosqich magistranti Shokir Xoliqovning “Messi” nomli qisqa metrajli filmi Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi drama” nominatsiyalarida g’olib bo’ldi. Shuningdek, talabamiz Nyu-York kinoakademiyasiga o’qishga yo’llanmani ham qo‘lga kiritdi. Bu, shubhasiz, institut, balki, o‘zbek kinosi tarixidagi eng ulkan yutuqlardan bir bo‘ldi.
Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa
Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa
Yana bir quvonarli tarafi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi tomonidan O‘zDSMI rektoriga o‘zaro samarali hamkorlik uchun tashakkurnoma taqdim etildi. O‘z navbatida, institut rektori tomonidan ham minnatdorchilik tariqasida hamkorlarga tashakkurnoma berildi. Shuningdek, oliygohimizning o‘n nafar talabasiga O‘zLiDeP tomonidan a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa
Konsert dasturi kuy-qo‘shiqlarga hamohang tarzda yakunlandi.
Konstitutsiya bayramiga kutilmagan tuhfa
O‘zDSMI matbuot xizmati

image_pdfimage_print