1

Kitobxonlik — inson ma’naviyatining ko‘zgusi

Kitobxonlik — inson ma’naviyatining ko‘zgusi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida fakultet va kafedra xonalarida yaratilgan sharoitlar, darslarga tayyorgarlik jarayonlari hamda mavjud muammolarni o‘rgandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Eldor O‘ralovich institutning 2-o‘quv binosida joylashgan kutubxonani ko‘zdan kechirdi hamda talabalarning yanada kengroq bilimga ega bo‘lishlari uchun badiiy va o‘quv qo‘llanmalari sonining oshirish, mazkur kutubxonani ham zamonaviy kompyuter va internet bilan ta’minlash borasida ko‘rsatma berdi.
Qolaversa, Eldor Shermanov mazkur fakultetning sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.
Institut rahbariyati tomonidan talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi aytib o‘tildi. Shu jumladan, oliygoh hududida wi-fi zonasi tashkil etish, dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash borasida harakatlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.