1

Kitobxon avlod yuksak jamiyat barpo etadi

Kitobxon avlod yuksak jamiyat barpo etadi

Bugun O‘zbekiston davlat instituti rahbariyati Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda fakultetning barcha bosqich talabalari ishtirok etdi.

Dastlab institut rektori v.b. Eldor Shermanov oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, mazkur fakultet talabalari kitobxonlikni zamon talabi bilan uyg‘unlashtirish, ya’ni raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bois, kelgusida bosqichma-bosqich institut kutubxonasi hamda fakultet talabalarini noutbuk bilan ta’minlanishi aytib o‘tildi.

Qolaversa, kutubxonachilik sohasi vakillari alohida ahamiyatga ekanligi, yuksak jamiyat barpo etishda ularning o‘rni beqiyos hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, fakultet o‘qituvchilari va talabalarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish borasida sa’y-harakatlar qilinayotgani ta’kidlandi. Shu jumladan, yaqinda insitut rahbariyati tashrif buyurishi rejalashtirilayotgan Ozarbayjon mamlakatida aynan kutubxonachilik sohasi bo‘yicha ham o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolanishi ma’lum qilindi.

Ochiq uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar eshitildi hamda ularga zarur barcha shart-sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.