Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Joriy yilning 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi va kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari, jumladan, imtihon o‘tkazish uchun belgilangan obyektlarda sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq rioya etilishi, kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi va imtihonlarning shaffof, oshkora va adolatli o‘tkazilayotganligi bilan tanishdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Institut rahbariyati, institut Qabul komissiyasi raisi hamda a’zolari, professor-о‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘zaro suhbat davomida 2022/2023-o‘quv yilida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni shaffof o‘tkazish bo‘yicha ushbu ta’lim muassasasining tayyorgarlik holati xususida so‘z yuritildi. Bu boradagi dolzarb masalalar, bajarilishi lozim bo‘lgan muhim ishlar muhokama etildi. Abituriyentlar hamda ota-onalarning asosli yoki asossiz noroziliklarini keltirib keltirib chiqarmaslik, buning uchun murojaatlar bilan ishlash, call-markaz faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, imtihonlarning borishi, tartibi bilan bog‘liq ma’lumotlarni institutning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilib borish zarur ekanligi qayd etildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Ta’kidlanganidek, imtihon ajratilgan bino va auditoriyalarda sifatli videoyozuv jihozlarining o‘rnatilgabligi, jamoatchilik nazoratining kuchaytirilgani, imtihon natijalarini o‘z vaqtida rasmiy manbalar orqali e’lon qilinishi kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ijobiy hamda samarali o‘tishini ta’minlaydi.
Qayd etildiki, keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Boisi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ham ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Ularning asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Imtihon oluvchi komissiya a’zolari safiga jalb etilgan “О‘zbekiston respubikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”,”О‘zbekiston xalq hofizi” kabi unvonlar sohiblari bо‘lgan respublikamizning taniqli san’at va madaniyat sohasi vakillari abiturientlarning boshlang‘ich musiqa savodi, biror bir cholg‘u asbobida ijro etish ko‘nimasi, musiqa ijrochiligi, vokal, xor, an’anaviy xonandalik mahoratiga jiddiy ahamiyat qaratishmoqda. Musiqiy atama va iboralarni, musiqa janrlari, zamonaviy musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirganlik darajasiga e’tibor berilmoqda. Ijro etayotgan asarning nomi, muallifi, janri xususida batafsil ma’lumotlarga egaligi, ijroda sof intonatsion qoidalarga to‘la amal qilishi, ovoz, nafas va ulami ishlata olish mahorati bilan bog‘liq savollar aytilmoqda.
Shuningdek, ijodiy imtihon davomida abiturientlar san’at va madaniyatning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, yoshlarni aqliy, axloqiy, jismoniy va ma’naviy kamol topishidagi roli, milliy ong, milliy tafakkur, milliy g‘urur, Vatanni sevish uni ardoqlash hislarini shakllantirishdagi ahamiyati haqida o‘zlarning tushunchalarini bildirishga harakat qilishmoqda. Imtihon oluvchi komissiya a’zolari odilona va shaffof tarzda baholab borishmoqda. Mana shu jarayonlarni esa ota-onalar va boshqa xohlovchilar masofadan turib onlayn tarzda internet orqali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kuzatib borishmoqda. Har bir abituriyentning ishtiroki videoyozuvga olinmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Ijodiy imtihonlarni ota-onalar va abituriyentlardan tashkil topgan ko‘ngillilar guruhi jonli ravishda imtihonlar o‘tkazilayotgan xonalarga kirib, jarayonlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati kafedrasi, Kinoteleoperatorlik hamda Animatsiya rejissurasi ta’lim yо‘nalishi talabalari ijodiy imtihon jarayonlarini video tasvirga olib bormoqda. Asosiy maqsad esa imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora о‘tkazilishini ta’minlash, abituriyentlarning eng bilimlilarini saralab olishdan iborat bo‘lmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Ta’kidlanganidek, korrupsiya tuzog‘iga tushib qolmaslik, uning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashish, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimi nomiga dog‘ tushirmaslik, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan muomala madaniyatiga, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, Qabul komissiyasi a’zolari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar zimmasidagi vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarish lozim.
Mazkur ta’lim dargohida talabalikka tavsiya etiladigan yoshlar yurtimiz san’ati va madaniyatining ertasini belgilab berishadi. Shunday ekan, imtihon topshirayotgan abituriyentni baholash ulkan mas’uliyatni talab etadi. Professor-о‘qituvchilar yoshlarning iqtidori, iste’dodiga, bilim darajasiga jiddiy ahamiyat qaratishmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tmoqda

Darhaqiqat, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan yuksak natijalarga erishilmoqda. Yurtimizda huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish, xalqimiz uchun obod va farovon hayot barpo etish yo‘lida juda muhim ishlar bajarilmoqda. Ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirildi. Yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Vatanimizning qudratini belgilaydigan omillarning eng asosiylaridan biri, shubhasiz, shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Shuning uchun ham yurtimizdagi barcha yoshlarning tashabbus va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasida mamlakatimizda samarali islohotlar amalga oshirilmoqda.

image_pdfimage_print