Kasbiy faoliyat yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

Kasbiy faoliyat yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Joriy yilning 10-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rektor, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar qatnashgan ushbu yig‘ilish davomida ushbu oliy ta’lim dargohining pedagogik jamoasi o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari kerak, ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida ta’kidlanganidek, yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu esa fidoyi kasb egalari zimmasidagi masʼuliyatni yanada oshirmoqda. Pedagogik jamoa a’zolari o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari zarur. Dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar, tyutorlar taʼlim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda unstitut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning ta’lim dargohi hayoti va taʼlim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishga harakat qilishlari kerak.

Kasbiy faoliyat yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Institutning rahbar kadrlari, mas’ullarini ta’lim dargohimizdagi yoshlarni ish bilan ta’minlanishiga juda jiddiy ahamiyat qaratishlari lozim. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirish zarur.

Shuningdek, magistratura sirtqi ta’lim bo‘limi faoliyati hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari uchun o‘tkaziladigan bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotlarining holati, dekanatlardagi mavjud guruh jurnallarining yuritilish jarayonlari hamda yana boshqa bir qator masalalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalar muhokama qilindi. Davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan ham tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash kerakligi qayd etildi.

Ilmiy tadqiqot ishlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan natijalar, yoshlar tashabbuslarini aniqlash, talabalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida aytildi.

Kasbiy faoliyat yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Talabalar turar joylaridagi sanitariya gigiyena holatlari xususida to‘xtalib o‘tildi. Chunki bu yerda talabalarning ovqatlanishi, internet tarmog‘idan foydalanish, kitob mutola qilishi, gazeta va jurnal o‘qishi, aqliy salohiyatlarini, bilim darajalarini oshirishi, televizor tomosha qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda manan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida talabalar turar joylarida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonalari tashkil etilgan. Binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud. Kompyuter xonasida yangi, zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan “Porloq kelajakka qadam – mening mahallam bilan!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tashkil etilgan tadbirlarda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti vakillarining faol ishtiroki e’tirof etildi. Ushbu bayramona kechalarni yanada ajoyib tarzda tashkil etish kerakligi, yanada faol bo‘lish lozimligi aytildi.

Ushbu yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.

image_pdfimage_print