1

“Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi dotsenti tomonidan O‘zDSMIning Nukus filialida mahorat darsi o‘tkazildi

"Kino, televideniye va radio rejissyorligi" kafedrasi dotsenti tomonidan O‘zDSMIning Nukus filialida mahorat darsi o‘tkazildi

10-oktyabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston teleradiokanali bosh rejissyori Alisher Madrahimov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filialida “Kino, televideniye rejissyorligi” kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalariga mahorat darsi o‘tdi.

Salkam 3-4 soat davom etgan qiziqarli dars davomida ushbu ta’lim dargohining ustoz va talabalari televideniye sohasida amalga oshirilayotgan vazifalar, yutuq va komchiliklardan boxabar bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shuningdek, Alisher Madrahimov tomonidan kafedraga talabalarga asqotadigan kitoblar va elektron qo‘llanmalar taqdim etildi.

Qolaversa, shu kabi mahorat darslari kelgusida ham tashkil etilishi borasida kelishib olindi.